Marko Rubio Samarqandda: milliard dollarlik shartnomalar kutilmoqda
AQSh davlat kotibi Marko Rubio va O‘zbekiston prezidenti Administratsiyasi rahbari Said Mirziyoyeva Samarqanddagi Registon maydonida jurnalistlar oldida chiqish qildi. Rubio shaharga deyarli 300 amerikalik kompaniya vakillarining kelganini ma’lum qildi va tashrif yakunlariga ko‘ra milliard dollarlik shartnomalar kutilayotganini aytdi. U O‘zbekistonni Markaziy Osiyoning «burchak toshi» deb atadi, YaIM o‘sishini yiliga deyarli 8% deb qayd etdi va Mayamidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar bo‘yicha muzokaralar haqida gapirdi.
Aziz Karimov















