Muller: Rossiyada o‘yinchoqlar ulgurji savdosidan O‘zbekistondagi asbob-uskunalar brendiga
Qurilish asbob-uskunalarining Muller brendi asoschisi Kun.uz bilan suhbatda kompaniya tarixini aytib berdi. Uzum Marketga chiqishdan oldin jamoa Rossiyada Ozon va Wildberries marketpleyslarida o‘yinchoqlar ulgurji va chakana savdosi bilan shug‘ullangan. Muller kompaniyasi O‘zbekistonda 2024-yil 23-fevralda ro‘yxatga olingan. Asoschining ta’kidlashicha, boshlanishdagi asosiy saboq — xaridorlar xulq-atvoridagi farq: Rossiyada xaridorlar sifat uchun qo‘shimcha to‘lashga tayyor bo‘lsa, O‘zbekistonda ko‘pincha narx hal qiluvchi omil bo‘lib qoladi.
Otabek Yusupov