CISA PHPdagi kritik zaifliklardan faol foydalanilayotganini tasdiqladi va federal idoralarga tuzatish uchun uch kun muddat berdi
Amerikaning kiberxavfsizlik agentligi CISA hakerlar parolsiz serverlarni masofadan egallash imkonini beruvchi ikkita kritik PHP zaifligidan (PHP2Shell) real hujumlarda foydalana boshlaganini ma’lum qildi. Idora esa bu xatolarni faol ekspluatatsiya qilinadigan zaifliklar katalogiga kiritdi va AQShning fuqarolik federal agentliklariga ularni uch kun ichida yopishni buyurdi. Zaifliklar ikki yil oldin topilgan, biroq hujum uchun amaliy emas deb hisoblangan, toki Calif tadqiqotchilari sun’iy intellekt yordamida ekspluat usulini topmaguncha.
Otabek Yusupov










