Mirziyoyev paxta rejasining 101% bajarilgani haqida ma’lum qildi: «raqamlar o‘ziga maqsad bo‘lmasligi kerak»
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21 oktyabrda Qashqadaryo viloyatida tadbirkorlar bilan uchrashuvda paxta terimi rejasi 101% bajarilganini ma’lum qilib, miqdoriy ko‘rsatkichlar o‘ziga maqsad emasligini ta’kidladi. Qishloq xo‘jaligi vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, 22 oktyabrga qadar 4,63 mln tonna xomashyo paxta terilgan (rejaning 103%). Davlat buyurtmasi 2020-yilda bekor qilingan, biroq tarmoqda rejalashtirilgan ko‘rsatkichlar saqlanib qolgan, bu inson huquqlari himoyachilari tomonidan tanqid qilingan.
Sevara Azamova

