Italiya Parijdagi E5 mudofaa vazirlari uchrashuvidan so‘ng Ukraina bo‘yicha pozitsiyasi o‘zgarmasligini tasdiqladi
Italiya mudofaa vaziri Gvido Krosetto Parijda bo‘lib o‘tgan «beshlik» (E5) mudofaa vazirlari uchrashuvidan keyingi qo‘shma matbuot anjumanida Italiyaning Ukraina bo‘yicha pozitsiyasi «o‘zgarishi mumkin emas» degan. U Ukrainada sodir bo‘layotgan voqealarni Yevropa xavfsizligi uchun xavfli deb baholadi va yordamni «o‘z imkoniyatlarimiz darajasida» davom ettirishga va’da berdi.
Otabek Yusupov
















