Fransiyada tartibsizliklar bilan ommaviy norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi, Makron xalqqa murojaat qildi
17-oktabr Fransiyada butun mamlakat bo‘ylab norozilik namoyishlari bo‘lib, ular tartibsizliklarga aylandi: Lionda turizm byurosi yoqib yuborildi, Marselda shahar hokimiyati binosiga hujum qilindi. Ichki ishlar vaziri Lor Nunes ma’lumotiga ko‘ra, viloyatlarda 32 800 ishtirokchi bilan 140 aksiya o‘tkazildi, 166 kishi hibsga olindi. Prezident Emmanyuel Makron zo‘ravonlikni qoralab, «ultracha’r guruhlar»ni aybladi va aybdorlarni javobgarlikka tortishga va’da berdi.
Aziz Karimov







