Toshkent metropoliteni poyezdlar qatnov oralig‘ining kattaligi haqidagi shikoyatlarga javob berdi
«Toshkent metropoliteni» AJ matbuot xizmati 2026-yilda foydalanishga topshirilgan 14 ta yangi poyezd qatnov oralig‘ini bosqichma-bosqich qisqartirish imkonini berishini ma’lum qildi. Yo‘lovchilar oqimi 2021-yildagi kuniga 280–300 ming kishidan 2026-yilga kelib 1,2 milliondan oshdi. Yaqin kunlarda batafsil ma’lumot bilan matbuot anjumani o‘tkazilishi va’dalangan.
Aziz Karimov









