Kanye West ixlosmandi bekor qilingan konsert uchun 41,8 ming rublni bank orqali qaytarib oldi
Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan Kanye West konsertlariga chipta sotib olgan xonim «Fontanka»ga xizmat to‘lovi bilan birga to‘liq summani qanday qaytarib olganini aytib berdi: sudga qadar da’vo, bankning rad javobi, takroriy da’vo va 10 kundan keyin pul qaytarildi. Tashkilotchi Say Agency 30-sentabrda konsertlarning bekor qilinganini tasdiqladi.
Otabek Yusupov

