Turkiya 2027-yil byudjetida qurol-yaroğ sotib oliş xarajatlarini 229 foizga oşirdi
Turkiya vitse-prezidenti Jevdet Yilmaz 2027-yil byudjet loyihasida qurol, öq-dorilar va harbiy texnika sotib oliş uçun ajratmalar 229 foizga oşganini ma’lum qildi. Mudofaaga umumiy xarajatlar 2,206 trln lira ($44,5 mlrd), içki xavfsizlikka — $25,2 mlrd. Ta’lim $75,6 mlrd oladi (byudjetning 13,7 foizi), investitsiyalar — $57,5 mlrd, zilzila oqibatlarini bartaraf etişga $17,5 mlrd ajratildi. Byudjet loyihasi parlamentga topşirildi.
Otabek Yusupov
