Ğazoda vayron qilingan uylar xarobalari ostidan çiqarilgan 75 falastinlikning qoldiqlari dafn etildi
Şanba va yakşanba kunlari Ğaza şahrida uruşning ilk oylarida Isroil zarbalari natijasida vayron bölgan uylar xarobalari ostidan çiqarilgan, jumladan ayollar va bolalar ham bölgan 75 kişi bilan vidolaşuv va dafn marosimi ötkazildi. Ğaza fuqaro muhofazasi ma’lumotlariga köra, halok bölganlar taxminan 20 oilaga mansub. Idora qidiruv işlarini davom ettirmoqda, biroq texnika yetişmasligidan şikoyat qilmoqda.
Otabek Yusupov
















