O‘zbekistonda tovarlarning kelib chiqishi to‘g‘risidagi sertifikatlarni berishni soddalashtirish va ular uchun to‘lovni kamaytirish taklif etilmoqda
Sanoat hamkorligi va davlat xaridlari agentligi qaror loyihasini muhokamaga chiqardi, unga ko‘ra mahalliy ishlab chiqarish sertifikati mavjud eksportyorlar kelib chiqish sertifikatini bir ish kunida rasmiylashtira oladi, rasmiylashtirishning bazaviy stavkasi esa BHMning 35 foizidan 24 foiziga tushadi. Muhokama 3-noyabrgacha davom etadi.
Dilnoza Rahimova







