Albaniya bosh vaziri Edi Rama hukumatga qarshi to‘rtinchi kun davom etayotgan norozilik namoyishlarida «tashqi kuchlar»ni aybladi
Albaniyada hukumatga qarshi norozilik namoyishlari to‘rtinchi kun davom etmoqda: minglab yoshlar bosh vazir Edi Ramaning iste’fosini va ta’lim sohasidagi islohatlarni talab qilmoqda. Rama tinchlikka chaqirdi va nomini aytmagan «tashqi kuchlar»ni aybladi. Politsiya ko‘z yoshituvchi gaz va suv to‘polaridan foydalanmoqda, Yevropa Ittifoqi hokimiyatni o‘lchovli javobga chaqirdi.
Otabek Yusupov






