AQSH termoyadro startaplariga 260 million dollar ajratmoqda — lekin endi kapitaldagi ulush evaziga
AQSH savdo vazirligi Helion va Commonwealth Fusion Systems kompaniyalariga CHIPS Act doirasida termoyadro reaktorlari uchun yarimo‘tkazgichlar ishlab chiqish bo‘yicha grant berdi. Sohada birinchi marta kompaniyalar davlatga ovoz berish huquqiga ega bo‘lmagan aktsiyalar bilan hisob-kitob qildi: Helion 15,5 milliard dollarlik bahoda taxminan 1 foiz ulush berdi, CFSdagi ulush hajmi oshkor qilinmagan.
Otabek Yusupov
