Qoraqalpoğistonda Xitoy–Yevropa koridoridagi A380 magistralini kengaytiriş işlari yakunlanmoqda
A380 magistralining Nukus–Urganç qismida yölni ikki polosadan tört polosaga kengaytiriş işlari taxminan 90 foizga bajarilgan bölib, ularni 2026-yil oxirigaça yakunlaş rejalaştirilgan. Qiymati 48,7 mln dollar bölgan loyiha Osiyo taraqqiyot banki yordamida amalga oşirilayotgan 383,4 mln dollarlik yöl dasturiga kiradi. Allaqaçon rekonstruksiya qilingan Qönğirot — Qozoğiston çegarasi qismi yuk taşuvçilarning yölda ketadigan vaqtini 10–12 soatdan 3–4 soatga qisqartirdi.
Otabek Yusupov