Toshkentda to‘rt ko‘chada 17,9 km ajratilgan avtobus yo‘laklari yaratilishi rejalashtirilgan
Toshkent shahar hokimligi Muqimiy ko‘chasi, Qoratosh va Ko‘kcha Darvoza ko‘chalari, Parkent ko‘chasi hamda Mirzo Ulug‘bek shoh ko‘chasida 17,9 km alohida avtobus yo‘laklarini tashkil etish rejasini ma’lum qildi. Loyiha hujjatlarini ishlab chiqish uchun dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra shahar taraqqiyot fondidan taxminan 6,5 mlrd so‘m kerak bo‘ladi. Hokim qarori imzolangan, loyihachi va pudratchilar tanlov asosida aniqlanadi.

















