Davaktiv Toshkentdagi pedagogika universiteti yotoqxonalari sotilishi haqida izoh berdi
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Muqimiy ko‘chasidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining faoliyat yuritayotgan yotoqxonasining auksionga chiqarilganini tasdiqladi. Agentlik raisi Sohibjon Murodovning so‘zlariga ko‘ra, bino yangi yotoqxonalar Yangi Toshkentda qurib bitkazilgandan va talabalar ko‘chirilgandan keyingina xaridorga o‘tadi. Sotuv universitetning tarqoq korpuslarini yagona hududga birlashtirish rejalari bilan bog‘liq.

















