«KAPITAL SUG‘URTA» uch yillik faoliyat yakunlarini e’lon qildi: to‘lovlar 404 mlrd so‘mdan oshdi
«KAPITAL SUG‘URTA» sug‘urta kompaniyasi 2024–2026-yillardagi faoliyat natijalarini taqdim etdi. Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, bu davrda mijozlarga 404,25 mlrd so‘mdan ortiq sug‘urta to‘lovlari to‘langan, hududlarda 200 dan ortiq ish o‘rni yaratilgan va byudjetga 56,7 mlrd so‘mdan ortiq soliq to‘langan. Kompaniya xizmatlarning raqamlashtirilgani haqida ham ma’lum qildi.

















