Toshkentda Parij akademiyasi bilan qo‘shma dastur asosida Xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladi
Prezident farmoni bilan Toshkent xalqaro moda akademiyasi — yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tizimidagi davlat oliy ta’lim muassasi tashkil etiladi. U Toshkent to‘qima va yengil sanoat instituti bilan Parijdagi Xalqaro moda akademiyasining qo‘shma ta’lim dasturi asosida yaratiladi. Ta’lim 2026/2027 o‘quv yilidan boshlanadi, 2027/2028 yildan dual ta’lim joriy etiladi, 2028-yil oxiriga qadar 400 o‘rinli yotoqxona qurilishi rejalashtirilgan.

















