Qatar amiri: mamlakat inqirozdan kuchayib chiqadi va iqtisodiy diversifikatsiyani davom ettiradi
Dohada Shura kengashining yillik sessiyasi ochilishida so‘zlagan Qatar amiri shayx Tamim bin Hamad Al Tani Qatar Eron hujumiga uchraganini aytib, suverenitetni himoya qilishni, keng ko‘lamli urushga yo‘l qo‘ymaslikni va‘da qildi va iqtisodiy diversifikatsiyani tezlashtirish strategiyasini taqdim etdi. Birinchi yarim yilda neft-gaz daromadlari 42 foizga kamaydi, ammo neftdan tashqari sektor yalpi ichki mahsulotning taxminan 80 foizini beradi. Qatar Suyuq gaz ishlab chiqarishni kengaytirishni va mintaqadagi vositachilik rolini saqlab qolishni davom ettiradi.
Aziz Karimov
















