Toshkentda Parij akademiyasi bilan qo‘shma dastur asosida Xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladi
O‘zbekiston prezidentining 16-oktyabrdagi qarori bilan Toshkent xalqaro moda akademiyasi — yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tizimidagi davlat oliy ta’lim muassasasi tashkil etiladi. U Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti hamda Parij xalqaro moda akademiyasining qo‘shma dasturi bazasida ochiladi. Ta’lim 2026/2027 o‘quv yilidan boshlanadi, 2028-yilga qadar 400 o‘rinli yotoqxona quriladi.
Sevara Mirzayeva

















