Asosiy ma’lumotlar
- Aholining örtaça inflyatsiya kutilmalari 9,1% gaça, mediana esa 9% gaça ösdi
- Eng yuqori prognozlar Toşkentda (10,5%), eng pastlari Qoraqalpoğistonda (7,9%)
- Biznes kutilmalari 8,5% gaça pasaydi — bu kuzatuvlar davomidagi eng past körsatkiç
Aholining kutilmalari yuqoriga burildi
Markaziy bank 3500 kişi qatnaşgan oktabr oyiga oid inflyatsiya kutilmalari sörovi natijalarini e’lon qildi. Yaqin 12 oy uçun narxlarning ösişi böyiça örtaça prognoz 9,1% ni taşkil etdi — bu bir oy oldingiga qaraganda 0,4 foiz punktga köp. Mediana körsatkiçi ham ösib, 9% ga yetdi. Bu sönggi oylar içida aholining örtaça kutilmalarining ilk ösişi hisoblanadi.
Viloyatlar, tarmoqlar va daromadlar
Eng yuqori kutilmalar yana Toşkentda qayd etildi — 10,5%, undan keyin Jizzax (10%) va Farğona (9,7%) keladi. Eng past prognozlar Qoraqalpoğiston (7,9%), Namangan (8,2%) va Samarqand viloyati (8,7%) aholisida. Tarmoqlar böyiça narxlar ösişini eng yuqori baholaganlar maişiy xizmat körsatiş xodimlari (10,6%), IT va tibbiyot vakillari (har biri 10,1%) böldi; eng past bahoni talabalar (7,6%), oziq-ovqat va jamoat ovqatlaniş sohasi xodimlari (8,2%) hamda turizm biznesi vakillari (8,5%) bergan.
Daromadlar va asosiy omillar
Daromad darajasi va prognoz örtasidagi böğliqlik saqlanib qolmoqda: oyiga 30 mln sömdan yuqori daromadli guruhda kutilayotgan inflyatsiya 13,6% ni, 20–30 mln söm daromadda 12,9% ni, 15–20 mln söm daromadda esa 11,6% ni taşkil etdi. Şu bilan birga, oyiga 2 mln sömgaça daromad qiluvçi fuqarolar mamlakat böyiça örtaça körsatkiçdan yuqori raqamni — 9,4% ni, ya’ni 7–15 mln söm oluvçilar darajasidagi raqamni atagan. Eng past prognozlar öz daromadi yöq guruhlarda (7,6%) va 2–4 mln söm daromadli guruhlarda (8,8%) kuzatildi.
Prognozlarga nima ta’sir qilmoqda
Kutilmalarni şakllantirişda asosiy omil sifatida aholi hanuzgaça energiya resurslarining qimmatlaşuvini atamoqda — respondentlarning 45% i şunday javob bergan, biroq bu javobning uluşi bir oy içida 5 foiz punktga kamaygan. Ikkinçi örinda kommunal tariflarning ösişi turadi (38%). Sentyabrga nisbatan valyuta kursining tebranişlari (22% örniga 27%) köproq, iş haqi va nafaqa-pul mukofotlarining oşirilişi (29% örniga 25%) esa kamroq eslatib ötilgan. Narxlarning spekulativ oşirilişi va asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining ösişi (30%), şuningdek, transport xarajatlari (27%) ulusi deyarli özgarmagan.
Biznes tinçroq kayfiyatda
Tadbirkorlarda dinamika aksinça: 1675 respondent iştirokidagi sörov yakunlariga köra narxlar ösişi böyiça örtaça prognoz 0,7 foiz punktga kamayib, 8,5% ga tuşdi — bu kuzatuvlar davomidagi eng past körsatkiç. Mediana körsatkiçi bir oy oldingi ösişdan söng 8% gaça pasaydi. Biznes orasida eng yuqori kutilmalar Toşkent va Surxondaryoda (har biri 10,1%) hamda Buxoroda (9,6%), eng pastlari Qoraqalpoğistonda (6,5%) va Toşkent viloyatida (6,6%) qayd etilgan. Tarmoqlar böyiça eng yuqori prognozlar hunarmandçilik va transport sohalarida (har biri 10%), eng pastlari ta’lim va fan sohasida (7,5%). Biznes uçun, aholidek, asosiy omil — energiya resurslari narxlarining ösişi (45% eslatib ötilgan); ayni paytda transport xarajatlari (32% gaça) va valyuta kursining tebranişlari (23% örniga 26%) köproq, soliq yuki esa kamroq (29% dan 25% gaça) qayd etila böşlagan.

