Arxitektura va dizayn nafaqat makonni vizual qabul qilişga, balki insonlarning soğliği hamda salomatligiga ham ta’sir ötkazişi mumkin. Bunga binolar, intererlar va şahar muhitini ongli ravişda loyihalaş bilan şuğullanuvçi Wellness Design yönalişi javob beradi.
Loyihalaş jarayonida insonning jismoniy va ruhiy holatini, şuningdek, ijtimoiy farovonligini hisobga oliş nega muhimligi haqida Taşkent Design Week doirasida Teçnogym Uzbekistan asosçisi Farrux Zakirov, SAD studiyasi ta’sisçisi Maksim Oltyan hamda Marie Wellness va Matça Club kuratori Tamara Samadova fikr yuritdi.
“Atrof-muhit inson holatini belgilaydi”
Teçnogym Uzbekistan asosçisi Farrux Zakirovning sözlariga köra, sönggi önyilliklarda soğlom turmuş tarzi haqidagi tuşunçalar tubdan özgardi.
“Taxminan 60 yil muqaddam bodibilding davri edi. Odamlar muşaklarini çiqarişga, yirik körinişga intilardilar. Söngra fitnes davri keldi, unda asosiy e’tibor insonning közgudagi körinişiga, qaddi-qomati va belining ölçamlariga qaratildi. 2000-yildan boşlab fitnes global miqyosda bosqiçma-bosqiç wellness yönalişiga öta boşladi. Trenajyorlarni yertölalardan yuqori qavatlarga köçirişga kirişildi, uskuna işlab çiqaruvçilar esa dizaynerlar bilan hamkorlik qila boşladi”, — dedi u.
Spikerning fikriça, soha rivojining keyingi bosqiçi keksalikda ham salomatlik, jismoniy faollik va turmuş sifatini saqlab qolişni nazarda tutuvçi longevity — uzoq umr köriş konsepsiyasi bilan boğliqdir.
SAD studiyasi ta’sisçisi Maksim Oltyan arxitektura va dizaynni insonning kundalik tajribasini şakllantiriş vositasi sifatida körib çiqişni taklif qildi.
“Bugun bizni örab turgan barça narsa arxitektor va dizaynerlar tomonidan yaratilganini tuşuniş lozim. Liboslar, binolar, şahar — bularning bari inson qöli bilan bunyod etilgan. Muhim bir haqiqat bor: atrof-muhit ong va holatni belgilaydi. U bizga şunday holat beradiki, biz keyin şu asosda harakat qilamiz va uni hayotimizga köçiramiz. Biz, arxitektor va dizaynerlar sifatida, insonlar ana şu lahzalarni qanday keçirişiga bevosita ta’sir körsatamiz”, — dedi Maksim Oltyan.
U loyihaçining vazifasi faqatgina estetik jihatdan jozibador obyekt yaratiş bilan çeklanmasligini ta’kidladi. Yangi makonlardan odamlar kundalik hayotda qanday foydalanişini oldindan öylab çiqiş muhimdir.
“Biz özimizga haykal qurmayapmiz, balki odamlar pul topadigan, özligini namoyon etadigan, sevadigan, sport bilan şuğullanadigan muhitni yaratyapmiz. Bu muhit qançalik ilhombaxş va faol bölişi uni qanday loyihalaştirganimizga boğliq”, — deya qayd etdi arxitektor.
Arxitekturaning inson salomatligiga ta’siri faqatgina binolarning rejasi va taşqi körinişi bilan belgilanib qolmaydi. Maksim Oltyanning sözlariga köra, yoritiş tizimi, ventilyatsiya va akustik qulaylik diqqatni jamlaş, iş qobiliyati va qaror qabul qiliş sifatiga bevosita ta’sir körsatişi mumkin. U misol sifatida ofis xonalarini keltirdi — bu yerda yetarli bölmagan ventilyatsiya karbonat angidrid gazining töplanişiga olib kelişi, notöğri yoritiş va şovqin esa asab tizimiga qöşimça yuk tuğdirişi mumkin.
“Agar muhitni töğri nazorat qilib, uni yuqori sifatda yaratsak, xodimlarning samaradorligini oşiriş va ularning kasallik ta’tilida ötkazadigan kunlari sonini kamaytiriş mumkin”, — deya tuşuntirdi u.
Arxitektorning ta’kidlaşiça, bunday yeçimlarni loyiha konsepsiyasini işlab çiqiş bosqiçidayoq nazarda tutiş kerak. Agar bunga ehtiyoj quriliş yakunlanganidan keyin yuzaga kelsa, özgartirişlar kiritiş ança qimmatga tuşadi.
“Faqat oş uçun emas, balki yuguriş uçun ham töplaniş”
Maksim Oltyanning fikriça, zamonaviy şaharlar piyoda yuriş, sport bilan şuğullaniş va tabiat qöynida vaqt ötkaziş doimiy ravişda avtomobildan foydalanişdan köra qulayroq bölgan şaroitlarni yaratişi lozim. U misol tariqasida Toşkentdagi Markaziy boğ va Ekoparkni birlaştiriş loyihasini keltirdi. Bu yerda gap nafaqat yaşil hududlarni kengaytiriş, balki ular örtasida piyodalar yönalişini taşkil etiş haqida ham bormoqda.
“Agar biz parklarni odamlar nafaqat attraksionlarda uçadigan, balki daraxtlar soyasida vaqt ötkazadigan, yoga bilan şuğullanadigan yoki kuçuklarini sayr qildiradigan çiziqli makonlar sifatida barpo etsak, bu şaharni soğlomroq qiladi. Şahar muhitining yaxşilanişi ruhiy salomatlik va turmuş sifatiga ta’sir körsatadi, şuningdek, umr davomiyligini oşirişga xizmat qilişi mumkin”, — deb hisoblaydi arxitektor.
U umumiy manfaatlar atrofida birlaşgan hamjamiyatlarni rivojlantirişni yana bir muhim yönaliş sifatida qayd etdi. Uning ta’kidlaşiça, bunday model Özbekistonning an’anaviy madaniyatida mahalla şaklida allaqaçon mavjud, biroq uning imkoniyatlarini yanada kengaytiriş mumkin.
“Agar odamlar nafaqat oş uçun, balki yuguriş, sayr qiliş va boşqa maşğulotlar uçun ham birgalikda yiğilişini qiziqarli qila olsak, bu hayot sifatini özgartiradi. Biz soğlomroq va baxtliroq jamiyatga ega bölamiz, şaharlarimiz esa faol va ijodkor insonlar uçun yanada jozibador böladi”, — dedi Oltyan.
Muhokama iştirokçilari, şuningdek, hatto puxta öylangan wellness-makon konsepsiyasi ham nega har doim muvaffaqiyatli natijani kafolatlamasligini muhokama qildi.
Tamara Samadovaning sözlariga köra, nafaqat interer va arxitektura yeçimlari, balki makon taklif etilayotgan mahsulotga, xizmat körsatiş sifatiga va loyihaning dastlabki ğoyasiga qançalik mos kelişi ham juda muhimdir. Loyihalaşda tabiiy yoruğlikni, foydalaniladigan materiallar va ranglar miqdorini, şuningdek, insonning uşbu xonada uzoq vaqt davomida bölişi qançalik qulay ekanini hisobga oliş zarur.
Farrux Zakirov, öz navbatida, bino konsepsiyasini işlab çiqiş bosqiçidayoq fitnes va wellness-hududlarning xususiyatlarini inobatga oliş zarurligiga e’tibor qaratdi. Masalan, fitnes klublarni joylaştirişda ovoz izolyatsiyasi, akustika va boşqa texnik körsatkiçlarni hisobga oliş öta muhim. Sport anjomlarining tuşişidan çiqadigan şovqin binoning quyi qavatlarida işlayotgan yoki dam olayotgan odamlarga xalaqit berişi mumkin. Agar bunday maydonlar loyihaga eng oxirgi navbatda kiritilsa, ularga köpinça tölaqonli jismoniy faollik uçun möljallanmagan, noqulay joylar ajratiladi, deya ta’kidladi ma’ruzaçi.
Zakirovning fikriça, salomatlikka nisbatan zamonaviy yondaşuvlar kasalliklarni davolaşdan ularning profilaktikasi tomon asta-sekin siljimoqda. Insonga jismoniy faollikni saqlaşga, töğri ovqatlanişga, dam olişga va boşqa odamlar bilan muloqot qilişga yordam beradigan makonlar tobora katta ahamiyat kasb etmoqda. U Italiyaning Emiliya-Romanya mintaqasidagi Wellness Valley loyihasini misol qilib keltirdi. Uning konsepsiyasi velosiped va piyodalar yönalişlari, boğlar hamda ommaviy sport maydonçalarini öz içiga olgan jismoniy faollik infratuzilmasi hisobiga hududni rivojlantirişni nazarda tutadi.
Maksim Oltyan SAD studiyasi Indoneziyadagi mavjud tajriba misolida Özbekistonda wellness-qişloqlar loyihalarini amalga oşiriş imkoniyatini örganayotganini aytdi. Bu yerda gap infratuzilmasi dastlab soğlom turmuş tarzi va qiziqişlar böyiça jamoalar atrofida taşkil etilgan turar joy hamda jamoat makonlari haqida bormoqda.
Uning ta’kidlaşiça, odamlarning ehtiyojlari va qulay hayot haqidagi tasavvurlari özgarib borayotgani sababli bunday yondaşuv şahar va şahar taşqarisidagi köçmas mulkni rivojlantirişning istiqbolli yönalişlaridan biriga aylanişi mumkin.







