Asosiy ma’lumotlar
- Litva Fridman va Usmanov aktivlarini milliy sanksiyalar doirasida muzlatdi
- YI ikki oligarxni sanksiya ro‘yxatidan chiqardi, biroq sanksiyalarni birinchi marta uch yilga uzaytirdi
- Usmanov uchun Fransiya va Slovakiya, Fridman uchun Lyuksemburg ariza bergan edi
Buni Litva tashqi ishlar vaziri Kestutis Budris ma’lum qildi.
💬Rossiyaga va uning urush olib borishiga yordam beruvchilarga qarshi sanksiya bosimi kuchaytirilishi va keyinchalik ham saqlanib qolishi kerak💬, — deb yozdi u X ijtimoiy tarmog‘ida.
Budris, shuningdek, bu ikki rossiyalik oligarxning Yevropa Ittifoqi sanksiya ro‘yxatidan chiqarilishi «noto‘g‘ri signal» bo‘lganini qo‘shimcha qildi.
Sentabr oxirida Yevropa Ittifoqi a’zo davlatlar elchilari Fridman va Usmanovni sanksiya ro‘yxatlaridan chiqarib tashlashga kelishib olgani ma’lum bo‘ldi.
Shu bilan birga, YI 3 ming kompaniya va shaxsga nisbatan sanksiyalarni uch yilga uzaytirdi. Bu Rossiyaga qarshi sanksiyalarning birinchi marta to‘g‘ridan-to‘g‘ri uch yillik muddatga uzaytilishi: bundan oldin ularni har olti oyda uzaytirishga to‘g‘ri kelar edi.
Usmanovdan sanksiyalarni olib tashlashni Fransiya va Slovakiya, Fridmandan esa Lyuksemburg so‘ragan edi.
🔗 VPN-siz sayt | YouTube | Pochta yuborish | Sayt ishlamasa nima qilish kerak


