Turkiyadagi ko‘mir shaxtasida metan portlashi: odamlar halok bo‘ldi, jarohatlanganlar bor
23-oktabr Turkiyaning shimoli-g‘arbidagi Zonguldak viloyati Kilimli tumanidagi xususiy ko‘mir shaxtasida metan portlashi yuz berdi. Zamon.uz ma’lumotlariga ko‘ra, TRT Haberga tayanib, uch kishi halok bo‘ldi, besh kishi kasalxonaga yotqizildi. Euronews ikki kishi halok bo‘lgani va bilan aloqa o‘rnatilgan bitta shaxtachi yer ostida qolib ketgani haqida xabar bergan edi. Tekshiruv boshlangan.
Otabek Yusupov