Paula Moltsan Shiffrinni ortda qoldirib, tog‘ chang‘i sporti bo‘yicha kubok bosqichida ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi
Amerikalik Paula Moltsan Zeldenda mavsumni ochgan gigant slalomda karyeradagi ilk g‘alabani qo‘lga kiritdi. Birinchi urinishdan keyin peshqadram bo‘lgan Mikaela Shiffrin atigi yettinchi o‘rinni egalladi. Ikkinchi o‘rin Lara Kolturiga, uchinchi o‘rin Emma Ayxerga nasib etdi.
Otabek Yusupov