Yaman armiyasi husiylarning Taizda zaharli moddalar qo‘llagani haqidagi xabarlarni tekshirmoqda
Yaman mudofaa vazirligi Taiz viloyatida zaharli moddalar borligi gumon qilinadigan snaryadlardan foydalanish haqidagi xabarlarni tekshirayotganini ma’lum qildi; viloyatda fuqarolar va qarshilik jangchilari orasida zaharlanish va bo‘g‘ilish holatlari qayd etilgani taxmin qilinmoqda. Idora BMTdan zudlik bilan tekshiruvni qo‘llab-quvvatlashni so‘radi.
Otabek Yusupov