Kanada IIHFdan yoşlar örtasidagi JÇ-2027da Rossiyaning iştiroki böyiça izoh söradi
CASning rus terma jamoalarini 2026/27-yilgi mavsum musobaqalariga qöyişni IIHFga majbur qilgan qaroridan söng Hockey Canada xalqaro federatsiyadan izoh söradi. Edmonton va Red-Dear şaharlarida ötkaziladigan yoşlar örtasidagi jahon çempionati taşkilotçilarini iştirokçilar tarkibi va öyinlar jadvali allaqaçon tasdiqlangani bezovta qilmoqda. Çexiya esa öz navbatida Rossiyani musobaqalarga kiritmaslik böyiça pozitsiyasini özgartirişga niyati yöqligini bildirdi.
Otabek Yusupov