Airbnb mezbonlarga mehmonlardan ketish paytida tozalashni topshirishni taqiqlaydi
Airbnb uy mezbonlari uchun qoidalarni yangiladi: 20-noyabrdan boshlab ular mehmonlardan odatda xizmatchi ayol bajaradigan ishlarni — choyshablarni yig‘ish, axlatni uydan tashqariga chiqarish, idishlarni yuvish va tozalashni talab qilishga haqli emas. Mezbonlar, shuningdek, mehmonlarga jarima solish yoki e’lon qilingan qulayliklardan foydalanishni taqiqlay olmaydi.
Javlon Tursunov
















