Sho‘ir Yevgeniy Chigrin vafot etdi
Sho‘ir Yevgeniy Chigrin 66 yoshida vafot etdi. Qarindoshlarining aytishicha, unda onkologik kasallikning oxirgi bosqichi bo‘lgan va u uch yil davomida shu kasallik bilan kurashgan. Chigrin Xalqaro PEN klubi va Moskva Yozuvchilar uyushmasi a’zosi bo‘lgan, uning she’rlari yirik adabiy jurnallarda chop etilgan va bir necha tilga tarjima qilingan.
Otabek Yusupov