Yangiliklar

Yangi Toshkent

«Yangi Toshkent» mavzusidagi yangiliklar: voqealar, faktlar va tafsilotlar — tafs uz.

5 maqola

Angliyaning «Fulham» klubi Yangi Toshkentda futbol akademiyasi ochish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda

Angliyaning «Fulham» klubi rahbariyati Yangi Toshkentda britaniya tajribasi va standartlariga asoslanib futbol akademiyasi tashkil etish imkoniyatini o‘rganishga tayyorligini bildirdi. Masala klub vakillari bilan O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchisi Ravshan Usmonov va elchixona diplomatlari o‘rtasidagi uchrashuvda muhokama qilindi. Taraflar hamkorlikning aniq mexanizmlarini ishlab chiqishga kelishib oldi.

2 daq. o‘qish

Tashkent Design Week 2026da Yangi Toshkent maketi ilk borar namoyish etiladi

2026-yil 26-oktabrdan 1-noyabrgacha Toshkentda «Dizayn shaharni qanday o‘zgartiradi» mavzusida Tashkent Design Weekning ikkinchi mavsumi bo‘lib o‘tadi. Markaziy voqea — 2 million aholiga mo‘ljallangan Yangi Toshkent maketining Tashkent City Mallda ilk ommaviy taqdimoti bo‘ladi. Dastur public talks, predmet dizayni ko‘rgazmasi va shahar aktivatsiyalarini o‘z ichiga oladi.

3 daq. o‘qish

Hindistonning uch yirik kompaniyasi delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrif buyurdi va Yangi Toshkent loyihalarida ishtirok etishni muhokama qildi

15–16-oktabr kuni Larsen & Toubro, Adani Group va Reliance Industries delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Mehmonlarga Yangi Toshkentni rivojlantirish rejalari taqdim etildi; kompaniyalar hamkorlik bo‘yicha takliflar tayyorlashga tayyorlik bildirdi, Reliance esa quyosh energetikasi sohasida hamkorlikka tayyorligini ma’lum qildi.

1 daq. o‘qish

Saida Mirziyoyeva Henderson Land Group raisi bilan energetika, Yangi Toshkent va ta’lim loyihalarini muhokama qildi

O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Gonkongning Henderson Land Group xoldingi boshqaruv raisi Piter Li bilan uchrashdi. Tomonlar qayta tiklanadigan energetika, Yangi Toshkent infratuzilmasi va ta’lim sohasidagi qo‘shma loyihalarni muhokama qildi. Mirziyoyeva mamlakat investitsiyalar uchun ochiq ekanini va Toshkent xalqaro moliya markazi orqali ham tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini bildirdi.

1 daq. o‘qish

Davaktiv Toshkentdagi pedagogika universiteti yotoqxonalari sotilishi haqida izoh berdi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Muqimiy ko‘chasidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining faoliyat yuritayotgan yotoqxonasining auksionga chiqarilganini tasdiqladi. Agentlik raisi Sohibjon Murodovning so‘zlariga ko‘ra, bino yangi yotoqxonalar Yangi Toshkentda qurib bitkazilgandan va talabalar ko‘chirilgandan keyingina xaridorga o‘tadi. Sotuv universitetning tarqoq korpuslarini yagona hududga birlashtirish rejalari bilan bog‘liq.

3 daq. o‘qish