O‘zbekistonlik shifokor Toshkent — Seul reysida yo‘lovchini qutqardi
11-oktyabrda Toshkent — Seul HY511 reysida ayolning holati keskin yomonlashdi: uning bosimi va pulsi sezilmadi. Shu reysda uchgan otorinolaringolog shifokor Xasan Kamilon ekipaj bilan birga unga favqulodda yordam ko‘rsatdi va 10–15 daqiqadan keyin ayol hushiga kela boshladi. Uzbekistan Airways va O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi shifokor hamda ekipajga minnatdorchilik bildirdi.
Otabek Yusupov