G‘azoda vayron qilingan uylar xarobalari ostidan chiqarilgan 75 falastinlikning qoldiqlari dafn etildi
Shanba va yakshanba kunlari G‘aza shahrida urushning ilk oylarida Isroil zarbalari natijasida vayron bo‘lgan uylar xarobalari ostidan chiqarilgan, jumladan ayollar va bolalar ham bo‘lgan 75 kishi bilan vidolashuv va dafn marosimi o‘tkazildi. G‘aza fuqaro muhofazasi ma’lumotlariga ko‘ra, halok bo‘lganlar taxminan 20 oilaga mansub. Idora qidiruv ishlarini davom ettirmoqda, biroq texnika yetishmasligidan shikoyat qilmoqda.
Otabek Yusupov