Florida’da alligator baliqchiga hujum qildi: 71 yoshli erkak halok bo‘ldi
71 yoshli erkak Florida shtatining Winter Garden shahridagi Dr Bradford Memorial parkida baliq ovlash paytida 3,7 metr uzunlikdagi alligator hujumi natijasida halok bo‘ldi. Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, alligator uni Apopka ko‘li qirg‘og‘ida hujum qilib, suvga tortib olib ketgan. Bu yil Florida’da alligator hujumi oqibatida sodir bo‘lgan ikkinchi o‘lim holati.
Otabek Yusupov