Yangiliklar

VEON

«VEON» mavzusidagi yangiliklar: voqealar, faktlar va tafsilotlar — tafs uz.

3 maqola

Oybek Tursunov Perfectum bosh ofisini va operatorning boshqa aktivlarini deyarli 100 mlrd so‘mga sotib olmoqda

Rubicon Wireless Communication AJ (Perfectum brendi) aksiyadorlari 16-oktyabr kuni tadbirkor Oybek Tursunovga Toshkent markazidagi ko‘chmas mulk va 2012 dona asosiy vositani QQS bilan jami 98,37 mlrd so‘mga sotishni yagona ovoz bilan ma’qulladi. Bitim VEON guruhi operator aksiyalarining 100 foizini sotib olishini e’lon qilishidan uch kun oldin tasdiqlangan.

3 daq. o‘qish

Raqobat qo‘mitasi VEON guruhining Perfectum’ni sotib olishini bir qator shartlar bilan tasdiqladi

O‘zbekiston Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi VEON UZB Holding Ltd’ning Rubicon Wireless Communication (Perfectum brendi) aksiyalarining 100 foizini sotib olishiga dastlabki rozilik bergan. Bitim 19-oktyabr kuni taxminan 207 mln dollar, shu jumladan qariyb 93 mln dollar qarzni hisobga olgan holda e’lon qilingan. Shartlar qatoriga Perfectum’ning kamida 3 yil mustaqil faoliyati, 5G FWA tariflarini 12 oy davomida saqlash va abonentlar ma’lumotlarini himoya qilish kiradi.

3 daq. o‘qish

VEON o‘zbek operatori Perfectumning 100% ulushini $207 mln ga sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishdi

Beeline Uzbekistanga egalik qiluvchi xalqaro VEON xoldingi Rubicon Wireless (Perfectum brendi)ning 100% ulushini taxminan $207 mln ga, shu jumladan $93 mln atrofidagi qarzni o‘z zimmasiga olish bilan sotib olish to‘g‘risida kelishuv imzoladi. Bitim 850 va 3800 MGs diapazonlaridagi 115 MGs spektrni hamda Nokia uskunalaridagi 5G Standalone tarmog‘ini o‘z ichiga oladi. Yopilish 2026-yil oktabr oxirigacha kutilmoqda.

3 daq. o‘qish