Avstraliya deputati Xelen Xeyns avtomobil hujumi natijasida ikkala oyog‘ini yo‘qotdi; gumondorga ayblov qo‘yildi
Avstraliya parlamentining mustaqil deputati Xelen Xeyns (65) dushanba kuni Viktoriya shtatining Vangaratta shahridagi saylovchilar idorasi oldida Toyota Land Cruiser avtomobili ikki marta urib o‘tishi natijasida og‘ir jarohat oldi. Politsiya mashinasida pichoq topilgan 43 yoshli Brendon Najentni hibsga oldi. Bosh vazir Entoni Albaniz sodir bo‘lgan voqeani «ataylab qilingan harakat» deb atadi, motiv hali noma’lum. Operatsiyalardan so‘ng deputatning ikkala oyog‘i kesib olindi; u barqaror, ammo og‘ir ahvolda. Najent sudga chiqdi.
Javlon Tursunov