Dnepr vokzaliga zarba: 14 kishi jarohatlandi, ular orasida 11 yoshli bola bor
29-oktyabrda Rossiya zarba droni Dnepr temir yo‘l vokzaliga hujum qildi. Viloyat harbiy ma’muriyati ma’lumotlariga ko‘ra, 14 kishi jarohatlangan, 13 nafari kasalxonaga yotqizilgan, olti kishining ahvoli og‘ir. Zarba Zaporojyega ketayotgan poyezd yo‘lovchilari turgan peronga tushdi.
Otabek Yusupov