Xitoy kompaniyasi O‘zbekiston taksi bozoriga 5 ming avtomobil bilan chiqishni rejalashtirmoqda
Transport vazirining birinchi o‘rinbosari Mamanbiy Omarov xitoylik kompaniya O‘zbekiston taksi bozoriga 5 ming avtomobil chiqarish va o‘z ilovasini ishga tushirish niyatida ekanini ma’lum qildi. Yangilik 11 oktyabrdagi Yandex Go uzilishidan keyin paydo bo‘ldi, o‘shanda Uklonda buyurtmalar 2−3 barobar, MyTaxida esa 15 barobar oshgan.
Dilnoza Rahimova

