Shahlo Turdikulova Jahon fanlar akademiyasi TWAS vitse-prezidenti etib saylandi
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti Shahlo Turdikulova Jahon fanlar akademiyasi (TWAS) vitse-prezidenti etib Markaziy va Janubiy Osiyo bo‘yicha 2027–2028-yillarga saylandi. Fanlar akademiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, u akademiya tarixida TWAS rahbariyatidagi O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning birinchi vakili bo‘ldi. Vakolatlarini 2027-yil 1-yanvardan boshlaydi.
Aziz Karimov