Londondagi sud Mozambikka «tuna obligatsiyalari» boʻyicha livanlik tadbirkorning bevasidan tovon undirishga ruxsat berdi
Londondagi apellyatsiya sudi Iskandar Safaning bevasi Klara Martines Tedi de Safaning shikoyatini rad etib, Mozambikning 2 mlrd dollarlik korrupsiya janjali boʻyicha tovon daʼvosiga qarshi uning shaxsan oʻziga nisbatan koʻrilishi mumkinligini tasdiqladi. Livan huquqiga koʻra merosxoʻr vafot etgan shaxsning aktivlari va qarzlarini avtomatik qabul qiladi. Yakuniy javobgarlik summasi hali aniqlanmagan.
Otabek Yusupov