Afg‘onistonda butun mamlakat bo‘ylab to‘y va bayramlarda olovli shoular taqiqlandi
«Tolibon» hukumatining Yaxshi ishlarga undash va yomon ishlardan qaytarish vazirligi to‘ylar va boshqa bayramlarda salyut hamda olovli shoularni butunlay taqiqladi. Taqiq pirotexnika ishlab chiqaruvchilar, importchilar va savdogarlarga ham tegishli; buzuvchilarga nisbatan jazo aniq ko‘rsatilmagan. Ilgari cheklovlar faqat ayrim shaharlarda va faqat tunda amal qilgan.
Aziz Karimov


