«Dok-1 Maks» ishi bo‘yicha jabrlanganlarga davlat byudjetidan kompensatsiyaning deyarli to‘liq miqdori to‘landi
Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi: prezident topshirig‘idan so‘ng davlat byudjetidan 65,2 mlrd so‘m ajratilgan, jami 88 oilaga sud qarori bilan belgilangan 82 mlrd so‘mdan 80 mlrd so‘m o‘tkazilgan. Qolgan 2 mlrd so‘m bank kartalari bilan bog‘liq texnik masalalar hal etilgach to‘lanadi.
Otabek Yusupov