Suriya janubida druz tuzilmalari o‘rtasida to‘qnashuvlar yuz berdi
Suriyaning janubidagi Suvayda shahrida druz o‘zini o‘zi mudofaa kuchlari tarkibiga kiruvchi «Milliy gvardiya» guruhlari o‘rtasida qurolli to‘qnashuvlar yuz berdi. Janglar bir necha mahallani qamrab oldi, granatomyotlar qo‘llanilmoqda. To‘qnashuvlar Iordaniya bilan chegaradagi «Nassib» o‘tish punkti yopilgani va Iordaniya aviatsiyasining Suriya janubiga qilgan zarbalaridan bir necha kun o‘tib boshlandi.
Otabek Yusupov