Asakada töqimaçilik korxonasidagi yonğin öçirildi
25-oktabr Andijon viloyatining Asaka tumanidagi töqimaçilik korxonasida yonğin çiqdi. Xabar soat 18:03da qutqaruv xizmatiga kelib tuşdi, olov 19:45ga kelib öçirildi. Jabrlanuvçilar yöq, paxta yarim mahsulotlari yongan. Sabab va zarar aniqlanmoqda.
Otabek Yusupov