O‘zbekiston prezidenti o‘zbek alifbosining lotin yozuvidagi yangi varianti to‘g‘risidagi qonunni imzoladi
21 oktyabr, O‘zbek tili kuni arafasida Shavkat Mirziyoyev o‘zbek alifbosini takomillashtirish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi: 26 harf va uchta birikma o‘rniga 28 harf va apostrof joriy etiladi. Sh, Ch, Oʻ, Gʻ birikmalari Ş, Ç, Ö, Ğ harflari bilan almashtiriladi, Ng esa alifbodan chiqariladi. Qonun 2027-yil 22-apreldan kuchga kiradi; hujjatlar, valyuta va qimmatli qog‘ozlar o‘z kuchini saqlaydi.
Sevara Azamova