Yaponiyaning Tiba prefekturasi shimoli-sharqida 5,5 magnitudali zilzila qayd etildi
Yaponiya meteorologiya boshqarmasi Tiba prefekturasining shimoli-sharqida 5,5 magnitudali zilzila sodir bo‘lganini ma’lum qildi. Zilzila o‘chagi 50 km chuqurlikda joylashgan bo‘lib, silkinish Tokioning shimoli-sharqida sezilgan. Sunami xavfi yo‘q, jabrlanuvchilar va zarar haqida ma’lumot kelmagan.
Otabek Yusupov