Buxoroda Malibu haydovchisi raqamlarni olib tashlab, 60 km/soat cheklovli ko‘chada 201 km/soat tezlikka chiqdi
Buxoroda Malibu 2 haydovchisi davlat raqam belgilarini oldindan olib tashlab, ularni saloniga qo‘yib, 60 km/soat cheklov qo‘yilgan uchastkada 201 km/soat tezlikka chiqdi. Yo‘lovchi safarni videoga olib, ijtimoiy tarmoqlarga joyladi. Viloyat UBDD xodimlari haydovchi va avtomobilni aniqladi; huquqbuzar aybini tan oldi va pushaymonlik bildirdi. O‘zR Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 128-3-moddasi 4-qismi va 125-moddasi 5-qismi bo‘yicha protokollar tuzildi, avtomobil shtraf maydonchaga yuborildi.
Otabek Yusupov