Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Toshkentga kelgan Qatar amiri bilan uchrashdi
26-oktyabr kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan mamlakatga kelgan Qatar amiri shayx Tamim bin Hamod Ol Taniy bilan uchrashdi. Tomonlar munosabatlarning strategik hamkorlik darajasiga chiqqanini qayd etdi, ilgari erishilgan kelishuvlarning ijrosini muhokama qildi hamda savdo-iqtisodiy, investitsiya, ijtimoiy va gumanitar sohalardagi loyihalarni kengaytirishga kelishib oldi. Shuningdek, global va mintaqaviy masalalar bo‘yicha fikr almashildi.
Otabek Yusupov
