BMT Bosh kotibi Guterresh Qohirada Arab davlatlari ligasi rahbari bilan taranglikni pasaytirishni muhokama qildi
BMT Bosh kotibi Antoniu Guterresh Qohirada Arab davlatlari ligasi bosh kotibi Nabil Fahmi bilan uchrashdi. Muhokamada mintaqaviy vaziyat, muloqot orqali tinchlikka ko‘maklashish va ikki tashkilot o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi. Guterresh, shuningdek, Misrdagi BMT jamoasi bilan G‘azo va Sudandagi inqirozlardan zarar ko‘rganlarga yordam haqida gaplashdi.
Otabek Yusupov