O'zbekiston suv omborlari yonidagi biznesga soliqlar 50 foizga kamaytiriladi — biroq qutqaruv xizmati yaratish majburiy bo'ladi
27-oktabr prezident suv omborlaridan foydalanishni tartibga solish to'g'risidagi PP-387-sonli qarorni imzoladi. Suv havzalari va ularning atrofidagi hududlarda turizm xizmatlari tashkil etadigan tadbirkorlar 2029-yil 1-oktabrgacha mulk va yer solig'ini 50 foizga kamaytirilgan stavka bo'yicha to'laydi hamda bojxona to'lovlari bo'yicha 120 kunlik kechiktirish oladi. Buning evaziga xavfsizlik va ekologiya bo'yicha majburiy talablar joriy etiladi.
Otabek Yusupov

