Hindistonda ‘Arnab’ sikloni: kamida olti kishi halok bo‘ldi, o‘n minglab abonentlar elektr tokisiz qoldi
Hindiston meteorologiya departamenti ‘juda kuchli tropik siklon’ toifasiga kiritgan ‘Arnab’ sikloni chorshanba kuni erta tongda Andxra-Pradesh shtati qirg‘og‘iga yetib bordi. Rasmiy qurbonlar soni — olti kishi, biroq The Times of India mahalliy amaldorlarga tayanib to‘qqiz kishi halok bo‘lganini yozadi. 180 mingdan ortiq kishi oldindan evakuatsiya qilingan.
Otabek Yusupov


